حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، قَالَ سَمِعْتُ الْبَرَاءَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ لَمَّا أَقْبَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْمَدِينَةِ تَبِعَهُ سُرَاقَةُ بْنُ مَالِكِ بْنِ جُعْشُمٍ، فَدَعَا عَلَيْهِ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَسَاخَتْ بِهِ فَرَسُهُ. قَالَ ادْعُ اللَّهَ لِي وَلاَ أَضُرُّكَ. فَدَعَا لَهُ. قَالَ فَعَطِشَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَمَرَّ بِرَاعٍ، قَالَ أَبُو بَكْرٍ فَأَخَذْتُ قَدَحًا فَحَلَبْتُ فِيهِ كُثْبَةً مِنْ لَبَنٍ، فَأَتَيْتُهُ فَشَرِبَ حَتَّى رَضِيتُ.
Paygʻambar ﷺ Madinaga (yoʻl olib) kelayotganlarida, Suroqa ibn Molik ibn Juʼshum u zotning ortidan ergashdi. Paygʻambar ﷺ unga (qarshi) duo qildilar, shunda oti uni (yerga) botirdi. U: «Men uchun Allohga duo qil, men senga zarar yetkazmayman», dedi. U zot u uchun duo qildilar. (Baro) aytdi: Soʻng Rasululloh ﷺ chanqadilar. Bir choʻpon yonidan oʻtdilar. Abu Bakr aytdi: Men bir piyola olib, unga bir oz sut sogʻib, u zotga keltirdim. U zot men rozi (mamnun) boʻlgunimcha ichdilar.