حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ بُكَيْرٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ، عَنْ عَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّ أَبَا حُذَيْفَةَ وَكَانَ مِمَّنْ شَهِدَ بَدْرًا مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تَبَنَّى سَالِمًا، وَأَنْكَحَهُ بِنْتَ أَخِيهِ هِنْدَ بِنْتَ الْوَلِيدِ بْنِ عُتْبَةَ ـ وَهْوَ مَوْلًى لاِمْرَأَةٍ مِنَ الأَنْصَارِ ـ كَمَا تَبَنَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم زَيْدًا، وَكَانَ مَنْ تَبَنَّى رَجُلاً فِي الْجَاهِلِيَّةِ دَعَاهُ النَّاسُ إِلَيْهِ، وَوَرِثَ مِنْ مِيرَاثِهِ حَتَّى أَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى
﴿ ادْعُوهُمْ لآبَائِهِمْ ﴾ فَجَاءَتْ سَهْلَةُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم، فَذَكَرَ الْحَدِيثَ.Abu Huzayfa — u Rasululloh ﷺ bilan Badrda qatnashganlardan edi — Salimni oʻgʻil qilib (tutib) olgan va unga jiyani Hind bint Valid ibn Utbani nikohlab qoʻygan edi — u (Salim) ansorlardan bir ayolning quli edi — xuddi Rasululloh ﷺ Zaydni oʻgʻil qilib olganlaridek. Johiliyatda kim bir kishini oʻgʻil qilib olsa, odamlar uni unga (boqib oluvchiga) nisbat berib chaqirar va u (bola) uning merosidan meros olar edi, to Alloh taolo: «Ularni otalariga nisbat berib chaqiringlar» (Ahzob surasi, 5) (oyatini) nozil qilguncha. Shunda Sahla Paygʻambar ﷺning oldilariga keldi — soʻng hadisni zikr qildi.