حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ سَعْدٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي خَارِجَةُ بْنُ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ، أَنَّهُ سَمِعَ زَيْدَ بْنَ ثَابِتٍ ـ رضى الله عنه ـ يَقُولُ فَقَدْتُ آيَةً مِنَ الأَحْزَابِ حِينَ نَسَخْنَا الْمُصْحَفَ، كُنْتُ أَسْمَعُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقْرَأُ بِهَا، فَالْتَمَسْنَاهَا فَوَجَدْنَاهَا مَعَ خُزَيْمَةَ بْنِ ثَابِتٍ الأَنْصَارِيِّ
﴿ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُمْ مَنْ قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُمْ مَنْ يَنْتَظِرُ ﴾ فَأَلْحَقْنَاهَا فِي سُورَتِهَا فِي الْمُصْحَفِ.Men mushafni koʻchirayotganimizda Ahzob (surasi)dan bir oyatni yoʻqotdim (topolmay qoldim) — men Rasululloh ﷺning uni oʻqiyotganlarini eshitardim. Biz uni qidirib, Xuzayma ibn Sobit al-Ansoriynikidan topdik: «Moʻminlardan shunday erkaklar borki, ular Allohga bergan ahdlarini rost qildilar; ulardan baʼzilari oʻz nazrini (ajalini) ado etdi (shahid boʻldi), baʼzilari (navbatini) kutmoqda...» (Ahzob surasi, 23). Biz uni mushafda oʻz surasiga (qoʻshib) qoʻydik.