حَدَّثَنَا أَبُو الْوَلِيدِ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ عَدِيِّ بْنِ ثَابِتٍ، سَمِعْتُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ يَزِيدَ،، يُحَدِّثُ عَنْ زَيْدِ بْنِ ثَابِتٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ لَمَّا خَرَجَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم إِلَى أُحُدٍ، رَجَعَ نَاسٌ مِمَّنْ خَرَجَ مَعَهُ، وَكَانَ أَصْحَابُ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِرْقَتَيْنِ، فِرْقَةً تَقُولُ نُقَاتِلُهُمْ. وَفِرْقَةً تَقُولُ لاَ نُقَاتِلُهُمْ. فَنَزَلَتْ
﴿ فَمَا لَكُمْ فِي الْمُنَافِقِينَ فِئَتَيْنِ وَاللَّهُ أَرْكَسَهُمْ بِمَا كَسَبُوا ﴾ وَقَالَ " إِنَّهَا طَيْبَةُ تَنْفِي الذُّنُوبَ كَمَا تَنْفِي النَّارُ خَبَثَ الْفِضَّةِ ".Paygʻambar ﷺ Uhudga chiqqanlarida, u zot bilan chiqqan baʼzi odamlar (yoʻldan) qaytdi. Paygʻambar ﷺning sahobalari ikki firqa (boʻlak) boʻlishdi: bir firqa: «Ular bilan jang qilamiz», derdi, bir firqa: «Ular bilan jang qilmaymiz», derdi. Shunda: «Sizlarga nima boʻldiki, munofiqlar (masalasi)da ikki firqa boʻldingiz, holbuki Alloh ularni qilmishlari tufayli orqaga qaytargan...» (Niso surasi, 88) (oyati) nozil boʻldi. U zot: «Albatta u (Madina) Toyba (pok)dir, gunohlarni — olov kumush axlatini (toza)laganidek — toza(lab) chiqaradi», dedilar.