حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ، حَدَّثَنَا رَوْحٌ، حَدَّثَنَا شِبْلٌ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ،
﴿ وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا ﴾ قَالَ كَانَتْ هَذِهِ الْعِدَّةُ تَعْتَدُّ عِنْدَ أَهْلِ زَوْجِهَا وَاجِبٌ، فَأَنْزَلَ اللَّهُ ﴿ وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا وَصِيَّةً لأَزْوَاجِهِمْ مَتَاعًا إِلَى الْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ مِنْ مَعْرُوفٍ ﴾ قَالَ جَعَلَ اللَّهُ لَهَا تَمَامَ السَّنَةِ سَبْعَةَ أَشْهُرٍ وَعِشْرِينَ لَيْلَةً وَصِيَّةً، إِنْ شَاءَتْ سَكَنَتْ فِي وَصِيَّتِهَا، وَإِنْ شَاءَتْ خَرَجَتْ، وَهْوَ قَوْلُ اللَّهِ تَعَالَى ﴿ غَيْرَ إِخْرَاجٍ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ ﴾ فَالْعِدَّةُ كَمَا هِيَ وَاجِبٌ عَلَيْهَا. زَعَمَ ذَلِكَ عَنْ مُجَاهِدٍ. وَقَالَ عَطَاءٌ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ نَسَخَتْ هَذِهِ الآيَةُ عِدَّتَهَا عِنْدَ أَهْلِهَا، فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ، وَهْوَ قَوْلُ اللَّهِ تَعَالَى ﴿ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ﴾. قَالَ عَطَاءٌ إِنْ شَاءَتِ اعْتَدَّتْ عِنْدَ أَهْلِهِ وَسَكَنَتْ فِي وَصِيَّتِهَا، وَإِنْ شَاءَتْ خَرَجَتْ لِقَوْلِ اللَّهِ تَعَالَى ﴿ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ ﴾. قَالَ عَطَاءٌ ثُمَّ جَاءَ الْمِيرَاثُ فَنَسَخَ السُّكْنَى فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ، وَلاَ سُكْنَى لَهَا. وَعَنْ مُحَمَّدِ بْنِ يُوسُفَ حَدَّثَنَا وَرْقَاءُ عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ عَنْ مُجَاهِدٍ بِهَذَا. وَعَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ عَنْ عَطَاءٍ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ نَسَخَتْ هَذِهِ الآيَةُ عِدَّتَهَا فِي أَهْلِهَا، فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ لِقَوْلِ اللَّهِ ﴿ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ﴾ نَحْوَهُ.(Mujohid ‹Va sizdan vafot etib, (ortida) ayollarini qoldiradiganlar...› (Baqara surasi, 234) haqida) aytdi: Bu idda — (ayol) eri ahli (uyi)da oʻtkazadigan (idda) — vojib edi. Soʻng Alloh: ‹Va sizdan vafot etib, ayollarini qoldiradiganlar — ayollariga (uydan) chiqarilmagan holda bir yilgacha manfaat (taʼminot) — vasiyat (qilsinlar); agar (oʻzlari) chiqsalar, ularning oʻzlari haqida maʼruf (yaxshilik) bilan qilgan ishida sizga gunoh yoʻq› (Baqara surasi, 240) (oyatini) nozil qildi. (Mujohid:) Alloh unga yilning toʻ liqligini — yetti oy yigirma kechani — vasiyat (taʼminot) qilib berdi; xohlasa oʻz vasiyatida (uyda) qoladi, xohlasa chiqib ketadi; bu — Alloh taoloning: ‹(uydan) chiqarilmagan holda; agar chiqsalar, sizga gunoh yoʻq› degan soʻzidir; idda esa oʻz holicha unga vojibdir. (Ato esa, Ibn Abbosdan:) Bu oyat uning eri ahli (uyi)dagi iddasini nasx qildi; (endi ayol) xohlagan joyida idda oʻtkazadi; bu — Allohning ‹(uydan) chiqarilmagan holda› degan soʻzidir. Ato: «Xohlasa eri ahlida idda oʻtkazib, vasiyatida (uyda) qoladi, xohlasa — Alloh taoloning: ‹ular oʻzlari haqida qilgan ishda sizga gunoh yoʻq› degan soʻziga binoan — chiqadi», dedi. Ato: «Soʻng meros (oyati) keldi va u (uyda) yashashni (vojibligini) nasx qildi; (endi ayol) xohlagan joyida idda oʻtkazadi, unga (eri uyida) yashash (vojibligi) yoʻq», dedi.