حَدَّثَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، حَدَّثَنَا أَبُو بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ فِي قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ قَالَ نَزَلَتْ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُخْتَفٍ بِمَكَّةَ، كَانَ إِذَا صَلَّى بِأَصْحَابِهِ رَفَعَ صَوْتَهُ بِالْقُرْآنِ فَإِذَا سَمِعَهُ الْمُشْرِكُونَ سَبُّوا الْقُرْآنَ وَمَنْ أَنْزَلَهُ، وَمَنْ جَاءَ بِهِ، فَقَالَ اللَّهُ تَعَالَى لِنَبِيِّهِ صلى الله عليه وسلم ﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ ﴾ أَىْ بِقِرَاءَتِكَ، فَيَسْمَعَ الْمُشْرِكُونَ، فَيَسُبُّوا الْقُرْآنَ، ﴿ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ عَنْ أَصْحَابِكَ فَلاَ تُسْمِعُهُمْ ﴿ وَابْتَغِ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً ﴾.(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Alloh taoloning ‹Namozingda na jahriya (baland), na past (ovoz bilan) oʻqi› (Isro surasi, 110) degan soʻzi haqida) aytdi: U (oyat) — Rasululloh ﷺ Makkada yashirinib turgan paytlarida nozil boʻ ldi. U zot ashobiga (imom boʻ lib) namoz oʻqiganlarida, Qurʼonni jahriy (baland) ovoz bilan oʻqir edilar; mushriklar uni eshitganida esa, Qurʼonni, uni nozil qilgan Zotni va uni keltirgan (zot)ni soʻ kar edilar. Shu sababli Alloh taolo oʻ z Paygʻambariga ﷺ: ‹Namozingda (yaʼni qiroatingda) jahriy oʻqima — (aks holda) mushriklar eshitib, Qurʼonni soʻ kadilar›, ‹uni past (ovoz bilan) ham oʻqima› — ashobingdan (yashirib) — ularga eshittirmay (qolma); ‹balki bularning orasida bir yoʻl tut› (Isro surasi, 110) — dedi.