حَدَّثَنَا سَعْدُ بْنُ حَفْصٍ، حَدَّثَنَا شَيْبَانُ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ قَالَ ابْنُ أَبْزَى سَلِ ابْنَ عَبَّاسٍ عَنْ قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ وَمَنْ يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُتَعَمِّدًا فَجَزَاؤُهُ جَهَنَّمُ ﴾ وَقَوْلِهِ ﴿ لاَ يَقْتُلُونَ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلاَّ بِالْحَقِّ ﴾ حَتَّى بَلَغَ ﴿ إِلاَّ مَنْ تَابَ ﴾ فَسَأَلْتُهُ فَقَالَ لَمَّا نَزَلَتْ قَالَ أَهْلُ مَكَّةَ فَقَدْ عَدَلْنَا بِاللَّهِ وَقَتَلْنَا النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللَّهُ إِلاَّ بِالْحَقِّ وَأَتَيْنَا الْفَوَاحِشَ، فَأَنْزَلَ اللَّهُ ﴿ إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَـٰلِحًا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمْ حَسَنَـٰتٍ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا ﴾{إِلاَّ مَنْ تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلاً صَالِحًا} إِلَى قَوْلِهِ ﴿ إِلَّا مَن تَابَ وَءَامَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَـٰلِحًا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ يُبَدِّلُ ٱللَّهُ سَيِّـَٔاتِهِمْ حَسَنَـٰتٍ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا ﴾{غَفُورًا رَحِيمًا}(Saʼid ibn Jubayr aytdi:) Ibn Abzo: «Ibn Abbosdan Alloh taoloning ‹Va kim bir moʻminni qasdan oʻ ldirsa — uning jazosi — jahannamdir› (Niso surasi, 93) degan soʻzi va ‹...Alloh harom qilgan jonni — haq (sabab) bilan boʻ lmasa — oʻ ldirmaydilar› (degan oyatdan) to ‹...faqat tavba qilgan (kishi) mustasno› (Furqon surasi, 68-70) (degan soʻzigacha) haqida soʻra», dedi. Men undan soʻradim; u: «Bu (oyat) nozil boʻ lganida, Makka ahli: ‹Biz Allohga (boshqani) tenglagan, Alloh harom qilgan jonni haqsiz oʻ ldirgan va behayoliklarni qilgan edik-ku (endi tavbamiz qabul boʻ ladimi)?› dedi. Shunda Alloh: ‹Faqat — tavba qilib, iymon keltirib, solih amal qilgan (kishi) mustasno...› (degan oyatdan) to ‹...Magʻ firatli, Rahmli(dir)› (Furqon surasi, 70) (degan soʻzigacha) (oyatni) nozil qildi», dedi.