حَدَّثَنَا حَجَّاجُ بْنُ مِنْهَالٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، عَنْ عَمْرٍو، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ صَفْوَانَ بْنِ يَعْلَى، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقْرَأُ عَلَى الْمِنْبَرِ
﴿ وَنَادَوْا يَا مَالِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ﴾ وَقَالَ قَتَادَةُ مَثَلاً لِلآخِرِينَ عِظَةً لِمَنْ بَعْدَهُمْ. وَقَالَ غَيْرُهُ {مُقْرِنِينَ} ضَابِطِينَ يُقَالُ فُلاَنٌ مُقْرِنٌ لِفُلاَنٍ ضَابِطٌ لَهُ وَالأَكْوَابُ الأَبَارِيقُ الَّتِي لاَ خَرَاطِيمَ لَهَا. وَقَالَ قَتَادَةُ: ﴿ في أُمِّ الْكِتَابِ ﴾: جُمْلَةِ الْكِتَابِ أَصْلِ الْكِتَابِ ﴿ أَوَّلُ الْعَابِدِينَ ﴾ أَىْ مَا كَانَ فَأَنَا أَوَّلُ الأَنِفِينَ وَهُمَا لُغَتَانِ رَجُلٌ عَابِدٌ وَعَبِدٌ وَقَرَأَ عَبْدُ اللَّهِ ﴿ وَقَالَ الرَّسُولُ يَا رَبِّ ﴾ وَيُقَالُ أَوَّلُ الْعَابِدِينَ الْجَاحِدِينَ مِنْ عَبِدَ يَعْبَدُ.(Yaʼlo (ibn Umayya) (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Paygʻambar ﷺni minbar ustida ‹Va ular: ‹Ey Molik! Robbing bizning (jonimizni) olib (bizni tugatsin)› deb nido qiladilar› (Zuxruf surasi, 77) (deb) oʻqiyotganlarini eshitdim. (Lugʻ atlar:) Qatoda: ‹masalan lil-oxirin› — ulardan keyingilar uchun ibrat (degani), dedi. Boshqasi: ‹muqrinin› (Zuxruf surasi, 13) — (ulovni) jilovlab ushlovchilar; ‹fulon muqrinun li-fulonin› — uni jilovlab (boshqarib) ushlaydigan (degani); ‹al-akvob› — (ichimlik) idishlari (kuzalar)ki, ularda jumrak (xartum) yoʻq, dedi. Qatoda: ‹fi ummil-kitab› (Zuxruf surasi, 4) — kitobning asli (jumlasi), kitobning manbai; ‹avvalul-obidin› (Zuxruf surasi, 81) — yaʼni ‹(agar shunday) boʻ lganida, men (undan) bosh tortuvchilarning birinchisi (boʻ lar edim)› — ‹obid› va ‹abid› ikki lugʻ at(dir); ‹rajulun obid› va ‹abid›, dedi. Abdulloh (ibn Masʼud) ‹Va Rasul: ‹Ey Robbim...› dedi› (Furqon surasi, 30) deb oʻqidi. ‹Avvalul-obidin›ni ‹inkor qiluvchilarning birinchisi› (deb ham) aytiladi — ‹abida yaʼbadu› (inkor qildi)dan.