حَدَّثَنَا يَحْيَى، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، عَنْ إِسْمَاعِيلَ بْنِ أَبِي خَالِدٍ، عَنْ عَامِرٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، قَالَ قُلْتُ لِعَائِشَةَ ـ رضى الله عنها ـ يَا أُمَّتَاهْ هَلْ رَأَى مُحَمَّدٌ صلى الله عليه وسلم رَبَّهُ فَقَالَتْ لَقَدْ قَفَّ شَعَرِي مِمَّا قُلْتَ، أَيْنَ أَنْتَ مِنْ ثَلاَثٍ مَنْ حَدَّثَكَهُنَّ فَقَدْ كَذَبَ، مَنْ حَدَّثَكَ أَنَّ مُحَمَّدًا صلى الله عليه وسلم رَأَى رَبَّهُ فَقَدْ كَذَبَ. ثُمَّ قَرَأَتْ
﴿ لاَ تُدْرِكُهُ الأَبْصَارُ وَهُوَ يُدْرِكُ الأَبْصَارَ وَهُوَ اللَّطِيفُ الْخَبِيرُ ﴾ ﴿ وَمَا كَانَ لِبَشَرٍ أَنْ يُكَلِّمَهُ اللَّهُ إِلاَّ وَحْيًا أَوْ مِنْ وَرَاءِ حِجَابٍ ﴾ وَمَنْ حَدَّثَكَ أَنَّهُ يَعْلَمُ مَا فِي غَدٍ فَقَدْ كَذَبَ ثُمَّ قَرَأَتْ ﴿ وَمَا تَدْرِي نَفْسٌ مَاذَا تَكْسِبُ غَدًا ﴾ وَمَنْ حَدَّثَكَ أَنَّهُ كَتَمَ فَقَدْ كَذَبَ ثُمَّ قَرَأَتْ ﴿ يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ مِنْ رَبِّكَ ﴾ الآيَةَ، وَلَكِنَّهُ رَأَى جِبْرِيلَ ـ عَلَيْهِ السَّلاَمُ ـ فِي صُورَتِهِ مَرَّتَيْنِ.(Masruq aytdi:) Men Oishaga: «Ey onajon, Muhammad ﷺ oʻ z Robbini koʻ rganmi?» dedim. U: «Sen aytgan (gap)dan tuklarim tikka boʻ ldi! Sen uchta (gap)dan qaerdasan — kim ularni senga aytsa, albatta yolgʻon aytdi. Kim senga Muhammad ﷺ oʻ z Robbini koʻ rgan deb aytsa, albatta yolgʻon aytdi», dedi, soʻng ‹Koʻ zlar Uni ilgʻ amaydi (idrok etmaydi), U esa koʻ zlarni ilgʻ aydi; U — Latif, Xabir(dir)› (Anʼom surasi, 103), ‹Hech bir basharga — Alloh unga faqat vahy bilan, yoki parda ortidan (boshqa yoʻ l bilan emas) — gapirishi (mumkin) emas› (Shuro surasi, 51) (oyatlarini) oʻqidi. «Kim senga u (Muhammad ﷺ) ertaga nima boʻ lishini biladi deb aytsa, albatta yolgʻon aytdi», dedi, soʻng ‹Hech bir jon ertaga nima kasb qilishini bilmaydi› (Luqmon surasi, 34) (oyatini) oʻqidi. «Kim senga u (vahydan biror narsani) yashirdi deb aytsa, albatta yolgʻon aytdi», dedi, soʻng ‹Ey Rasul! Robbingdan senga nozil qilingan (narsa)ni yetkaz...› (Moida surasi, 67) (oyatini) oʻqidi. «Lekin u (Muhammad ﷺ) Jibrilni — oʻ z (asl) suratida — ikki marta koʻ rdi», dedi.