حَدَّثَنِي إِسْحَاقُ بْنُ مَنْصُورٍ، أَخْبَرَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ، حَدَّثَنَا شِبْلٌ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ مُجَاهِدٍ،
﴿ وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا ﴾ قَالَ كَانَتْ هَذِهِ الْعِدَّةُ تَعْتَدُّ عِنْدَ أَهْلِ زَوْجِهَا وَاجِبًا، فَأَنْزَلَ اللَّهُ ﴿ وَالَّذِينَ يُتَوَفَّوْنَ مِنْكُمْ وَيَذَرُونَ أَزْوَاجًا وَصِيَّةً لأَزْوَاجِهِمْ مَتَاعًا إِلَى الْحَوْلِ غَيْرَ إِخْرَاجٍ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ فِي أَنْفُسِهِنَّ مِنْ مَعْرُوفٍ ﴾ قَالَ جَعَلَ اللَّهُ لَهَا تَمَامَ السَّنَةِ سَبْعَةَ أَشْهُرٍ وَعِشْرِينَ لَيْلَةً وَصِيَّةً إِنْ شَاءَتْ سَكَنَتْ فِي وَصِيَّتِهَا، وَإِنْ شَاءَتْ خَرَجَتْ، وَهْوَ قَوْلُ اللَّهِ تَعَالَى ﴿ غَيْرَ إِخْرَاجٍ فَإِنْ خَرَجْنَ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ ﴾ فَالْعِدَّةُ كَمَا هِيَ، وَاجِبٌ عَلَيْهَا، زَعَمَ ذَلِكَ عَنْ مُجَاهِدٍ. وَقَالَ عَطَاءٌ قَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ نَسَخَتْ هَذِهِ الآيَةُ عِدَّتَهَا عِنْدَ أَهْلِهَا، فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ، وَقَوْلُ اللَّهِ تَعَالَى ﴿ غَيْرَ إِخْرَاجٍ ﴾. وَقَالَ عَطَاءٌ إِنْ شَاءَتِ اعْتَدَّتْ عِنْدَ أَهْلِهَا، وَسَكَنَتْ فِي وَصِيَّتِهَا، وَإِنْ شَاءَتْ خَرَجَتْ لِقَوْلِ اللَّهِ ﴿ فَلاَ جُنَاحَ عَلَيْكُمْ فِيمَا فَعَلْنَ ﴾. قَالَ عَطَاءٌ ثُمَّ جَاءَ الْمِيرَاثُ فَنَسَخَ السُّكْنَى، فَتَعْتَدُّ حَيْثُ شَاءَتْ، وَلاَ سُكْنَى لَهَا.(Mujohid ‹Sizlardan vafot etib, (ortidan) zavjalar qoldirganlar...› (Baqara surasi, 234) (haqida)) aytdi: Bu idda — (ayol) erining ahli (uyi) huzurida oʻ tirishi vojib edi. Soʻng Alloh: ‹Sizlardan vafot etib, (ortidan) zavjalar qoldirganlar — zavjalari uchun bir yilgacha (uydan) chiqarilmay, (nafaqa bilan) bahramand qilinishni — vasiyat qilsinlar; bas, agar (oʻ zlari) chiqib ketsa, ularning oʻ zlari haqida maʼruf (yaxshilik) bilan qilgan (ish)larida sizlarga gunoh yoʻq› (Baqara surasi, 240) (oyatini) nozil qildi. (Mujohid:) Alloh unga — yilning toʻ liq (boʻ lishi) uchun — yetti oy-u yigirma kechani vasiyat (sifatida) qildi: agar xohlasa, (oʻ sha) vasiyatida (erining uyida) turar, agar xohlasa, chiqar edi — bu Alloh taoloning ‹(uydan) chiqarilmay; bas, agar chiqib ketsa, sizlarga gunoh yoʻq› degan soʻzidir. Bas, idda — oʻ zi (boʻ lganicha) qoldi, unga vojib(dir). (Mujohid shunday daʼvo qildi.) Ato esa: «Ibn Abbos: ‹Bu oyat uning erining ahli huzurida (oʻ tirishli) iddasini nasx (bekor) qildi; bas, u (ayol) xohlagan joyida idda oʻ tiradi› dedi» dedi — Alloh taoloning ‹(uydan) chiqarilmay› degan soʻzini (eslatib). Ato (yana): «Agar xohlasa, erining ahli huzurida idda oʻ tirar va oʻ z vasiyatida turar; agar xohlasa, chiqar edi» dedi — Allohning ‹ularning qilgan (ish)larida sizlarga gunoh yoʻq› degan soʻzi sababli. Ato: «Soʻng meros (oyati) kelib, sukni (turar joy hukm)ni nasx qildi; bas, u (ayol) xohlagan joyida idda oʻ tiradi va unga (alohida) turar joy yoʻq» dedi.