حَدَّثَنِي مُحَمَّدٌ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الأَعْلَى، عَنْ يُونُسَ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ أَبِي بَكْرَةَ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ خَسَفَتِ الشَّمْسُ وَنَحْنُ عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَامَ يَجُرُّ ثَوْبَهُ مُسْتَعْجِلاً، حَتَّى أَتَى الْمَسْجِدَ وَثَابَ النَّاسُ فَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ، فَجُلِّيَ عَنْهَا، ثُمَّ أَقْبَلَ عَلَيْنَا وَقَالَ " إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ آيَتَانِ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ، فَإِذَا رَأَيْتُمْ مِنْهَا شَيْئًا فَصَلُّوا وَادْعُوا اللَّهَ حَتَّى يَكْشِفَهَا ".
(Abu Bakra (roziyallohu anhu) aytdi:) Biz Paygʻambar ﷺ huzurida (oʻtirgan) edik, quyosh tutildi. Shunda u zot kiyimini sudragancha shoshib (oʻrinlaridan) turdilar va masjidga keldilar, odamlar ham toʻplandi. (U zot) ikki rakat namoz oʻqidilar, (shu orada) quyosh (tutilishdan) ochildi. Soʻng bizga yuzlanib: «Albatta, quyosh va oy Allohning oyatlaridan (belgilaridan) ikki oyatdir. Bas, ulardan birortasida shunday narsani koʻrsangiz, (Alloh) uni ochguniga qadar namoz oʻqing va Allohga duo qiling» dedilar.