حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، عَنِ الْمِسْوَرِ بْنِ مَخْرَمَةَ، قَالَ قَسَمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَقْبِيَةً، وَلَمْ يُعْطِ مَخْرَمَةَ شَيْئًا فَقَالَ مَخْرَمَةُ يَا بُنَىَّ انْطَلِقْ بِنَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَانْطَلَقْتُ مَعَهُ فَقَالَ ادْخُلْ فَادْعُهُ لِي. قَالَ فَدَعَوْتُهُ لَهُ، فَخَرَجَ إِلَيْهِ وَعَلَيْهِ قَبَاءٌ مِنْهَا فَقَالَ " خَبَأْتُ هَذَا لَكَ ". قَالَ فَنَظَرَ إِلَيْهِ فَقَالَ رَضِيَ مَخْرَمَةُ.
(Misvar ibn Maxrama (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ (bir necha) qabolarni taqsimladilar, ammo Maxramaga hech narsa bermadilar. Maxrama: «Ey oʻgʻilcham, qani Rasululloh ﷺning oldilariga boraylik» dedi. Men u bilan bordim. U: «(Ichkariga) kir va men uchun u zotni chaqir» dedi. Men u zotni (chaqirib) oldim. (U zot) egnilarida oʻsha (qabolardan) bir qabo bilan (chiqib) keldilar va: «Buni sen uchun saqlab qoʻygan edim» dedilar. (Maxrama) unga qaradi va: «Maxrama rozi boʻldi» dedi.