حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِيهِ، سَعِيدِ بْنِ فُلاَنٍ ـ هُوَ عَمْرُو بْنُ سَعِيدِ بْنِ الْعَاصِ ـ عَنْ أُمِّ خَالِدٍ بِنْتِ خَالِدٍ، أُتِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم بِثِيَابٍ فِيهَا خَمِيصَةٌ سَوْدَاءُ صَغِيرَةٌ فَقَالَ " مَنْ تَرَوْنَ نَكْسُو هَذِهِ ". فَسَكَتَ الْقَوْمُ قَالَ " ائْتُونِي بِأُمِّ خَالِدٍ ". فَأُتِيَ بِهَا تُحْمَلُ فَأَخَذَ الْخَمِيصَةَ بِيَدِهِ فَأَلْبَسَهَا وَقَالَ " أَبْلِي وَأَخْلِقِي ". وَكَانَ فِيهَا عَلَمٌ أَخْضَرُ أَوْ أَصْفَرُ فَقَالَ " يَا أُمَّ خَالِدٍ هَذَا سَنَاهْ ". وَسَنَاهْ بِالْحَبَشِيَّةِ حَسَنٌ.
(Ummu Xolid binti Xolid (roziyallohu anho) aytdilar:) Paygʻambar ﷺga ichida kichkina qora xamisa boʻlgan kiyimlar keltirildi. (U zot:) «Buni kimga kiydirishni maʼqul koʻrasizlar?» dedilar. Odamlar jim turdi. (U zot:) «Menga Ummu Xolidni keltiringlar» dedilar. U (kichkina qiz boʻlgani uchun) koʻtarib keltirildi. (U zot) xamisani qoʻllari bilan olib, unga kiydirdilar va: «(Buni) eskirtib, uzoq yashagin (eskirtib, yangilab yur)» dedilar. Unda yashil yoki sariq belgi bor edi; (u zot:) «Ey Ummu Xolid, bu — «sanah»dir!» dedilar. «Sanah» esa habashchada «chiroyli (yaxshi)» (degani)dir.