حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا جُوَيْرِيَةُ، عَنْ نَافِعٍ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ، حَدَّثَهُ أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم اصْطَنَعَ خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ، جَعَلَ فَصَّهُ فِي بَطْنِ كَفِّهِ إِذَا لَبِسَهُ، فَاصْطَنَعَ النَّاسُ خَوَاتِيمَ مِنْ ذَهَبٍ، فَرَقِيَ الْمِنْبَرَ، فَحَمِدَ اللَّهَ وَأَثْنَى عَلَيْهِ فَقَالَ " إِنِّي كُنْتُ اصْطَنَعْتُهُ، وَإِنِّي لاَ أَلْبَسُهُ ". فَنَبَذَهُ فَنَبَذَ النَّاسُ. قَالَ جُوَيْرِيَةُ وَلاَ أَحْسِبُهُ إِلاَّ قَالَ فِي يَدِهِ الْيُمْنَى.
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) rivoyat qildi)ki, Paygʻambar ﷺ oltindan uzuk yasattirib, kiyganlarida uning koʻzini kaftlarining ichki (tomoni)ga qilardilar; (buni koʻrib) odamlar (ham) oltindan uzuklar yasadilar. Shunda (u zot) minbarga koʻtarilib, Allohga hamd va sano aytdilar, soʻng: «Men uni yasatgan edim, (lekin) endi men uni kiymayman» dedilar va uni tashlab yubordilar, odamlar ham (oʻz uzuklarini) tashladilar. (Juvayriya aytdi: Menimcha, u (Abdulloh): «(Uzuk) u zotning oʻng qoʻllarida (edi)» dedi.)