حَدَّثَنَا مُوسَى بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا مَهْدِيٌّ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي يَعْقُوبَ، عَنِ ابْنِ أَبِي نُعْمٍ، قَالَ كُنْتُ شَاهِدًا لاِبْنِ عُمَرَ وَسَأَلَهُ رَجُلٌ عَنْ دَمِ الْبَعُوضِ. فَقَالَ مِمَّنْ أَنْتَ فَقَالَ مِنْ أَهْلِ الْعِرَاقِ. قَالَ انْظُرُوا إِلَى هَذَا، يَسْأَلُنِي عَنْ دَمِ الْبَعُوضِ وَقَدْ قَتَلُوا ابْنَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَسَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " هُمَا رَيْحَانَتَاىَ مِنَ الدُّنْيَا ".
(Ibn Abu Nuʼm aytdi:) Men Ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning huzurida hozir edim; bir kishi undan chivin qoni haqida soʻradi. (Ibn Umar:) «Sen qayerdansan?» dedi. U: «Iroq ahlidanman» dedi. (Ibn Umar:) «Mana shunga qaranglar — u mendan chivin qoni haqida soʻrayapti, holbuki ular Paygʻambar ﷺning (nabira)sini oʻldirgandilar! Men Paygʻambar ﷺning: ‹Ular (Hasan va Husayn) — mening bu dunyodagi ikki rayhonimdir (xushboʻy gulimdir)› deganlarini eshitganman» dedi.