حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ أَبِي بَكْرٍ، أَنَّ عُرْوَةَ بْنَ الزُّبَيْرِ، أَخْبَرَهُ أَنَّ عَائِشَةَ زَوْجَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم حَدَّثَتْهُ قَالَتْ جَاءَتْنِي امْرَأَةٌ مَعَهَا ابْنَتَانِ تَسْأَلُنِي، فَلَمْ تَجِدْ عِنْدِي غَيْرَ تَمْرَةٍ وَاحِدَةٍ، فَأَعْطَيْتُهَا، فَقَسَمَتْهَا بَيْنَ ابْنَتَيْهَا، ثُمَّ قَامَتْ فَخَرَجَتْ، فَدَخَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَحَدَّثْتُهُ فَقَالَ " مَنْ يَلِي مِنْ هَذِهِ الْبَنَاتِ شَيْئًا فَأَحْسَنَ إِلَيْهِنَّ كُنَّ لَهُ سِتْرًا مِنَ النَّارِ ".
(Oisha (roziyallohu anho) aytdilar:) Mening oldimga ikki qizi bor bir ayol (sadaqa) soʻrab keldi; u menda bir dona xurmodan boshqa (narsa) topmadi, men shuni unga berdim. U (xurmoni) ikki qizi orasida boʻlib berdi, soʻng (oʻrnidan) turib (chiqib) ketdi. Soʻng Paygʻambar ﷺ kirdilar, men (boʻlgan voqeani) u zotga aytdim. (U zot:) «Kim mana shu qizlardan birortasini (tarbiyalab) parvarish qilsa va ularga yaxshilik qilsa, ular u (kishi) uchun doʻzaxdan (toʻsadigan) parda boʻladilar» dedilar.