حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ، عَنْ عَامِرٍ، قَالَ سَمِعْتُهُ يَقُولُ سَمِعْتُ النُّعْمَانَ بْنَ بَشِيرٍ، يَقُولُ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " تَرَى الْمُؤْمِنِينَ فِي تَرَاحُمِهِمْ وَتَوَادِّهِمْ وَتَعَاطُفِهِمْ كَمَثَلِ الْجَسَدِ إِذَا اشْتَكَى عُضْوًا تَدَاعَى لَهُ سَائِرُ جَسَدِهِ بِالسَّهَرِ وَالْحُمَّى ".
(Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhumo) aytdi:) Rasululloh ﷺ: «Moʻminlarni bir-birlariga rahm qilish, bir-birlarini sevish va bir-birlariga mehribonlik koʻrsatishda — (xuddi yagona) bir tana kabi koʻrasan: qachon (uning) bir aʼzosi ogʻrisa, tananing qolgan (qismlari) ham unga (hamdard boʻlib) uyqusizlik va isitma bilan azob chekadi» dedilar.