حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ الأُوَيْسِيُّ، حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ كُنْتُ أَمْشِي مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَعَلَيْهِ بُرْدٌ نَجْرَانِيٌّ غَلِيظُ الْحَاشِيَةِ، فَأَدْرَكَهُ أَعْرَابِيٌّ فَجَبَذَ بِرِدَائِهِ جَبْذَةً شَدِيدَةً ـ قَالَ أَنَسٌ فَنَظَرْتُ إِلَى صَفْحَةِ عَاتِقِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَقَدْ أَثَّرَتْ بِهَا حَاشِيَةُ الرِّدَاءِ مِنْ شِدَّةِ جَبْذَتِهِ ـ ثُمَّ قَالَ يَا مُحَمَّدُ مُرْ لِي مِنْ مَالِ اللَّهِ الَّذِي عِنْدَكَ. فَالْتَفَتَ إِلَيْهِ فَضَحِكَ، ثُمَّ أَمَرَ لَهُ بِعَطَاءٍ.
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Rasululloh ﷺ bilan yurib borardim, egnilarida chetlari (hoshiyasi) qalin najroniy burd bor edi. Shunda bir aʼrobiy u zotga yetib olib, ridolaridan qattiq tortdi — (Anas aytdi: Men Paygʻambar ﷺning yelka tomonlariga qaradim, ridoning hoshiyasi tortishning zoʻridan unda iz qoldirgan edi) — soʻng (u aʼrobiy): «Ey Muhammad, oldingdagi Allohning molidan menga (berishni) buyur» dedi. (U zot) unga oʻgirilib qaradilar va kuldilar, soʻng unga bir ato (inʼom) berishni buyurdilar.