حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ ابْنِ الْمُنْكَدِرِ، حَدَّثَهُ عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ، أَنَّ عَائِشَةَ، أَخْبَرَتْهُ. أَنَّهُ، اسْتَأْذَنَ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَجُلٌ فَقَالَ " ائْذَنُوا لَهُ فَبِئْسَ ابْنُ الْعَشِيرَةِ ". أَوْ " بِئْسَ أَخُو الْعَشِيرَةِ ". فَلَمَّا دَخَلَ أَلاَنَ لَهُ الْكَلاَمَ. فَقُلْتُ لَهُ يَا رَسُولَ اللَّهِ قُلْتَ مَا قُلْتَ، ثُمَّ أَلَنْتَ لَهُ فِي الْقَوْلِ. فَقَالَ " أَىْ عَائِشَةُ، إِنَّ شَرَّ النَّاسِ مَنْزِلَةً عِنْدَ اللَّهِ مَنْ تَرَكَهُ ـ أَوْ وَدَعَهُ ـ النَّاسُ اتِّقَاءَ فُحْشِهِ ".
(Oisha (roziyallohu anho) xabar berishlaricha,) bir kishi Paygʻambar ﷺning huzurlariga kirishga izn soʻradi. (U zot:) «Unga izn beringlar; urugʻning qanday yomon oʻgʻli — yoki urugʻning yomon birodari» dedilar. (U) kirgach esa, (u zot) unga muloyim gapirdilar. Men: «Yo Rasululloh, siz aytadiganingizni aytdingiz, soʻng unga muloyim gapirdingiz?» dedim. (U zot:) «Ey Oisha, albatta, Alloh huzurida odamlarning eng yomoni — uning behayoligi (qoʻpolligi)dan (saqlanib), odamlar (undan) yuz oʻgirgan — yoki uni chetlatgan — kishidir» dedilar.