حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ الزُّهْرِيُّ حَفِظْتُهُ كَمَا أَنَّكَ هَا هُنَا عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ اطَّلَعَ رَجُلٌ مِنْ جُحْرٍ فِي حُجَرِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَمَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مِدْرًى يَحُكُّ بِهِ رَأْسَهُ فَقَالَ " لَوْ أَعْلَمُ أَنَّكَ تَنْظُرُ لَطَعَنْتُ بِهِ فِي عَيْنِكَ، إِنَّمَا جُعِلَ الاِسْتِئْذَانُ مِنْ أَجْلِ الْبَصَرِ ".
(Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu) aytdi:) Bir kishi Paygʻambar ﷺning hujralaridagi bir teshikdan moʻraladi, Paygʻambar ﷺning (qoʻllarida) esa boshlarini qashlayotgan midro (taroqsimon asbob) bor edi. (U zot:) «Agar sening (moʻralab) qarayotganingni bilganimda, uni (midroni) koʻzingga sanchgan boʻlardim. (Uyga kirishda) izn (soʻrash) faqat koʻz (bilan avratga nazar tushishidan saqlanish) uchun joriy qilingan» dedilar.