حَدَّثَنَا يَحْيَى، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُسْلِمٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ مُغِيرَةَ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ كُنْتُ مَعَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فِي سَفَرٍ فَقَالَ " يَا مُغِيرَةُ، خُذِ الإِدَاوَةَ ". فَأَخَذْتُهَا فَانْطَلَقَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حَتَّى تَوَارَى عَنِّي فَقَضَى حَاجَتَهُ، وَعَلَيْهِ جُبَّةٌ شَأْمِيَّةٌ، فَذَهَبَ لِيُخْرِجَ يَدَهُ مِنْ كُمِّهَا فَضَاقَتْ، فَأَخْرَجَ يَدَهُ مِنْ أَسْفَلِهَا، فَصَبَبْتُ عَلَيْهِ فَتَوَضَّأَ وُضُوءَهُ لِلصَّلاَةِ، وَمَسَحَ عَلَى خُفَّيْهِ، ثُمَّ صَلَّى.
Mugʻira ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kuni men Paygʻambar ﷺ bilan safarda edim. U zot: «Ey Mugʻira, shu suv idishini ol», — dedilar. Men uni oldim, Rasululloh ﷺ esa koʻzdan gʻoyib boʻlguncha uzoqlashdilar. U zot hojat chiqardilar; egnilarida shom (rumiy) jubbasi bor edi. U zot qoʻllarini uning yengidan chiqarmoqchi boʻldilar, lekin u juda tor edi, shuning uchun qoʻllarini (jubba) ostidan chiqardilar. Men suv quydim, u zot namoz tahoratidek tahorat oldilar va ikki maxsi ustiga masʼh tortib, soʻng namoz oʻqidilar.