حَدَّثَنَا مَطَرُ بْنُ الْفَضْلِ، قَالَ حَدَّثَنَا رَوْحٌ، قَالَ حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ بْنُ إِسْحَاقَ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ دِينَارٍ، قَالَ سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يُحَدِّثُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَنْقُلُ مَعَهُمُ الْحِجَارَةَ لِلْكَعْبَةِ وَعَلَيْهِ إِزَارُهُ. فَقَالَ لَهُ الْعَبَّاسُ عَمُّهُ يَا ابْنَ أَخِي، لَوْ حَلَلْتَ إِزَارَكَ فَجَعَلْتَ عَلَى مَنْكِبَيْكَ دُونَ الْحِجَارَةِ. قَالَ فَحَلَّهُ فَجَعَلَهُ عَلَى مَنْكِبَيْهِ، فَسَقَطَ مَغْشِيًّا عَلَيْهِ، فَمَا رُئِيَ بَعْدَ ذَلِكَ عُرْيَانًا صلى الله عليه وسلم.
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ Makka ahli bilan Kaʼba (qurilishi) uchun tosh tashiyotganlarida — egnilarida izor (bel matosi) bor edi — amakilari Abbos u zotga: ‹Ey jiyanim, izoringni yechib, toshlar ostidan (yelkangga) qoʻysang (yaxshi boʻlardi)›, — dedi. U zot izorini yechib, yelkalariga qoʻydilar, lekin hushsiz yiqildilar; shundan keyin u zot hech qachon yalangʻoch koʻrinmadilar.