حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا حَاتِمٌ، عَنِ الْجَعْدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ سَمِعْتُ السَّائِبَ بْنَ يَزِيدَ، يَقُولُ ذَهَبَتْ بِي خَالَتِي إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ ابْنَ أُخْتِي وَجِعٌ. فَمَسَحَ رَأْسِي، وَدَعَا لِي بِالْبَرَكَةِ، ثُمَّ تَوَضَّأَ فَشَرِبْتُ مِنْ وَضُوئِهِ، ثُمَّ قُمْتُ خَلْفَ ظَهْرِهِ، فَنَظَرْتُ إِلَى خَاتَمِهِ بَيْنَ كَتِفَيْهِ مِثْلَ زِرِّ الْحَجَلَةِ.
(Soyib ibn Yazid (roziyallohu anhu) aytdi:) Xolam meni Rasululloh ﷺning oldiga olib bordi va: «Yo Rasululloh, jiyanim (singlimning oʻgʻli) ogʻrib (kasal boʻlib) qoldi», dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka tilab duo qildilar; soʻng tahorat qildilar, men u zotning tahorat (qoldigʻidan olib) suvidan ichdim. Keyin u zotning orqalarida turib, ikki yelkalari orasidagi muhrlarini (nubuvvat muhrini) — xuddi chodir tugmasidek — koʻrdim.