حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ نَافِعٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا قَفَلَ مِنْ غَزْوٍ أَوْ حَجٍّ أَوْ عُمْرَةٍ يُكَبِّرُ عَلَى كُلِّ شَرَفٍ مِنَ الأَرْضِ ثَلاَثَ تَكْبِيرَاتٍ، ثُمَّ يَقُولُ " لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ، وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهْوَ عَلَى كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ، آيِبُونَ تَائِبُونَ، عَابِدُونَ لِرَبِّنَا، حَامِدُونَ، صَدَقَ اللَّهُ وَعْدَهُ، وَنَصَرَ عَبْدَهُ، وَهَزَمَ الأَحْزَابَ وَحْدَهُ ".
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki,) Rasululloh ﷺ gʻazot, haj yoki umradan qaytganlarida, yerning har bir balandligida uch marta takbir aytib, soʻng (shunday) der edilar: «La ilaha illalloh, vahdahu la shariyka lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva ala kulli shayʼin qodiyr. Oyibuna, toibuna, obiduna, lirobbina hamidun. Sodaqallohu vaʼdah, va nasara abdah, va hazamal-ahzaba vahdah» (Allohdan oʻzga iloh yoʻq, U yagona, sherigi yoʻq; mulk Unikidir, hamd Unikidir, U har narsaga qodir. Biz qaytuvchilar, tavba qiluvchilar, ibodat qiluvchilar, Robbimizga hamd aytuvchilarmiz. Alloh vaʼdasini rost qildi, bandasiga nusrat berdi va (kofir) guruhlarni Oʻzi yolgʻiz magʻlub etdi).