حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ زَيْدٍ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ ـ رضى الله عنه ـ قَالَ رَأَى النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَلَى عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ أَثَرَ صُفْرَةٍ فَقَالَ " مَهْيَمْ ". أَوْ " مَهْ ". قَالَ تَزَوَّجْتُ امْرَأَةً عَلَى وَزْنِ نَوَاةٍ مِنْ ذَهَبٍ. فَقَالَ " بَارَكَ اللَّهُ لَكَ أَوْلِمْ وَلَوْ بِشَاةٍ ".
(Anas (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ Abdurrahmon ibn Avfning (ustida) sargʻish (atir) izini koʻrib: «Bu nima?» — yoki: «Bu nimasi?» — dedilar. U: «Men bir xurmo danagi (vazni)cha oltin (mahr) evaziga bir ayolga uylandim», dedi. U zot: «Alloh senga baraka bersin. (Hatto) bitta qoʻy (soʻyish) bilan boʻlsa ham, valima (toʻy oshi) qil», dedilar.