حَدَّثَنِي يَحْيَى بْنُ مُوسَى، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، عَنْ قَيْسٍ، قَالَ سَمِعْتُ خَبَّابًا، وَقَدِ اكْتَوَى يَوْمَئِذٍ سَبْعًا فِي بَطْنِهِ وَقَالَ لَوْلاَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَانَا أَنْ نَدْعُوَ بِالْمَوْتِ لَدَعَوْتُ بِالْمَوْتِ، إِنَّ أَصْحَابَ مُحَمَّدٍ صلى الله عليه وسلم مَضَوْا وَلَمْ تَنْقُصْهُمُ الدُّنْيَا بِشَىْءٍ، وَإِنَّا أَصَبْنَا مِنَ الدُّنْيَا مَا لاَ نَجِدُ لَهُ مَوْضِعًا إِلاَّ التُّرَابَ.
(Qays aytdi:) Men Xabbobning shunday deganini eshitdim — u oʻsha kuni qornini yetti (marta) dogʻlatgan edi: «Agar Rasululloh ﷺ bizni oʻlimni tilab duo qilishdan qaytarmaganlarida edi, men oʻlimni tilab duo qilardim. Muhammad ﷺning sahobalari (dunyodan) oʻtib ketdilar, dunyo ulardan (ajrlaridan) hech narsani kamaytirmadi; biz esa dunyodan shunday (mol) topdikki, unga tuproqdan boshqa (sarflaydigan) joy topolmayapmiz».