قَالَ أَبُو حَازِمٍ فَسَمِعَنِي النُّعْمَانُ بْنُ أَبِي عَيَّاشٍ، فَقَالَ هَكَذَا سَمِعْتَ مِنْ، سَهْلٍ فَقُلْتُ نَعَمْ. فَقَالَ أَشْهَدُ عَلَى أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ لَسَمِعْتُهُ وَهْوَ يَزِيدُ فِيهَا " فَأَقُولُ إِنَّهُمْ مِنِّي. فَيُقَالُ إِنَّكَ لاَ تَدْرِي مَا أَحْدَثُوا بَعْدَكَ. فَأَقُولُ سُحْقًا سُحْقًا لِمَنْ غَيَّرَ بَعْدِي ". وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ سُحْقًا بُعْدًا، يُقَالُ سَحِيقٌ بَعِيدٌ، وَأَسْحَقَهُ أَبْعَدَهُ.
(Abu Hozim aytdi:) Nuʼmon ibn Abu Ayyosh meni (shu hadisni aytayotganimni) eshitib: «Sen buni Sahldan shundaymi eshitding?» dedi. Men: «Ha», dedim. U: «Men Abu Saʼid al-Xudriyga (qasamyod qilib) guvohlik beramanki, men uning bunga (quyidagini) qoʻshib (aytganini) eshitganman: (Paygʻambar ﷺ:) ‹Men: Ular mendandir, deyman. (Menga): Sen ular sendan keyin nima paydo qilganlarini bilmaysan, deyiladi. Shunda men: Mendan keyin (dinni) oʻzgartirganlarga yiroqlik (rahmatdan uzoqlik) boʻlsin, yiroqlik boʻlsin!, deyman›», dedi. Ibn Abbos: «‹Suhqan› — yiroqlik (degani); ‹sahiyq› — uzoq (demak); ‹ashaqahu› — uni uzoqlashtirdi (maʼnosida)», dedi.