حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي عَدِيٍّ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ سُلَيْمَانَ، وَمَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنه ـ عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ حَلَفَ عَلَى يَمِينٍ كَاذِبَةٍ، لِيَقْتَطِعَ بِهَا مَالَ رَجُلٍ مُسْلِمٍ أَوْ قَالَ أَخِيهِ لَقِيَ اللَّهَ وَهْوَ عَلَيْهِ غَضْبَانُ ". فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَصْدِيقَهُ
﴿ إِنَّ الَّذِينَ يَشْتَرُونَ بِعَهْدِ اللَّهِ ﴾ قَالَ سُلَيْمَانُ فِي حَدِيثِهِ فَمَرَّ الأَشْعَثُ بْنُ قَيْسٍ فَقَالَ مَا يُحَدِّثُكُمْ عَبْدُ اللَّهِ قَالُوا لَهُ فَقَالَ الأَشْعَثُ نَزَلَتْ فِيَّ، وَفِي صَاحِبٍ لِي، فِي بِئْرٍ كَانَتْ بَيْنَنَا.(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qiladi):) U zot: «Kim bir musulmon kishining — yoki: birodarining — molini (nohaq) kesib olish uchun yolgʻon qasam ichsa, Allohga — U gʻazabli holida — yoʻliqadi», dedilar. Shunda Alloh buni tasdiqlab: ‹Albatta Allohning ahdini... (arzon bahoga) sotadiganlar...› (Oli Imron surasi, 77-oyat) (oyatini) nozil qildi. (Sulaymon oʻz rivoyatida:) Ashʼas ibn Qays oʻtib qoldi va: «Abdulloh sizlarga nima (hadis) aytyapti?» dedi. Ular unga (aytib berishdi). Ashʼas: «Bu (oyat) men va bir hamrohim haqida — oramizdagi bir quduq (nizosi) haqida — nozil boʻlgan», dedi.