حَدَّثَنَا آدَمُ، حَدَّثَنَا شَيْبَانُ، حَدَّثَنَا قَتَادَةُ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " لاَ تَزَالُ جَهَنَّمُ تَقُولُ هَلْ مِنْ مَزِيدٍ حَتَّى يَضَعَ رَبُّ الْعِزَّةِ فِيهَا قَدَمَهُ فَتَقُولُ قَطْ قَطْ وَعِزَّتِكَ. وَيُزْوَى بَعْضُهَا إِلَى بَعْضٍ ". رَوَاهُ شُعْبَةُ عَنْ قَتَادَةَ.
(Anas ibn Molik (roziyallohu anhu) aytdi:) Paygʻambar ﷺ: «Jahannam — toki izzat Robbi unga (oʻz) qadamini qoʻymaguncha — ‹Yana (qoʻshimcha) bormi?› deb turaveradi. (Qadamini qoʻygach,) u: ‹Bas, bas — izzating bilan (qasamki, yetar)!› deydi va uning baʼzi (qismi) baʼziga (tortilib) yigʻiladi (qisqaradi)», dedilar.