حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، عَنْ وَرْقَاءَ، عَنِ ابْنِ أَبِي نَجِيحٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ قَالَ كَانَ الْمَالُ لِلْوَلَدِ، وَكَانَتِ الْوَصِيَّةُ لِلْوَالِدَيْنِ، فَنَسَخَ اللَّهُ مِنْ ذَلِكَ مَا أَحَبَّ، فَجَعَلَ لِلذَّكَرِ مِثْلَ حَظِّ الأُنْثَيَيْنِ، وَجَعَلَ لِلأَبَوَيْنِ لِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمَا السُّدُسُ، وَجَعَلَ لِلْمَرْأَةِ الثُّمُنَ وَالرُّبُعَ، وَلِلزَّوْجِ الشَّطْرَ وَالرُّبُعَ.
(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) (Islomning dastlabki davrida) mol farzandga, vasiyat esa ota-onaga (qilinar) edi. Soʻng Alloh bundan Oʻzi xohlaganini bekor qildi: erkakka ikki ayolning hissasi barobarini, ota-onaning har biriga oltidan birini, ayolga (xotinga, marhumning farzandi boʻlsa) sakkizdan birini va (farzandi boʻlmasa) toʻrtdan birini, erga (xotinining farzandi boʻlmasa) yarmini va (farzandi boʻlsa) toʻrtdan birini (meros) qilib belgiladi.