حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الْقَاسِمِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ جَاءَ أَبُو بَكْرِ ـ رضى الله عنه ـ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَاضِعٌ رَأْسَهُ عَلَى فَخِذِي فَقَالَ حَبَسْتِ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَالنَّاسَ، وَلَيْسُوا عَلَى مَاءٍ. فَعَاتَبَنِي، وَجَعَلَ يَطْعُنُ بِيَدِهِ فِي خَاصِرَتِي، وَلاَ يَمْنَعُنِي مِنَ التَّحَرُّكِ إِلاَّ مَكَانُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَنْزَلَ اللَّهُ آيَةَ التَّيَمُّمِ.
(Oisha (roziyallohu anho) rivoyat qildiki, u aytdi:) Abu Bakr (roziyallohu anhu) kelganida, Rasululloh ﷺ boshlarini mening sonimga qoʻyib (uxlab) yotgan edilar. (Abu Bakr): «Sen Rasululloh ﷺni va odamlarni ushlab qolding, holbuki ular suvsiz joydadirlar!» dedi va meni (shu sababli) tanbeh qildi-da, qoʻli bilan biqinimga (turtib) sancha boshladi. Meni qimirlashdan faqat Rasululloh ﷺning (boshlari sonimda turgan) joyi toʻsib turardi. Bas, Alloh tayammum oyatini nozil qildi.