حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ مُوسَى، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنْ عُمَرَ، نَشَدَ النَّاسَ مَنْ سَمِعَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَضَى فِي السِّقْطِ وَقَالَ الْمُغِيرَةُ أَنَا سَمِعْتُهُ قَضَى فِيهِ بِغُرَّةٍ عَبْدٍ أَوْ أَمَةٍ. قَالَ ائْتِ مَنْ يَشْهَدُ مَعَكَ عَلَى هَذَا فَقَالَ مُحَمَّدُ بْنُ مَسْلَمَةَ أَنَا أَشْهَدُ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم بِمِثْلِ هَذَا.
(Hishom otasidan rivoyat qildiki:) Umar odamlardan: «Paygʻambar ﷺ (oʻlik) tushgan homila (siqt) haqida hukm qilganlarini kim eshitgan?» deb soʻradi. Mugʻira: «Men U zotning bu haqda gʻurra — qul yoki choʻri (toʻlash) bilan hukm qilganlarini eshitganman», dedi. (Umar): «Sen bilan birga buni guvohlik beradigan (birovni) keltir», dedi. Muhammad ibn Maslama: «Men Paygʻambar ﷺ haqida xuddi shunga (oʻxshash) guvohlik beraman», dedi.