حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنَا مَالِكٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ دِينَارٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ ـ رضى الله عنهما ـ أَنَّ رَجُلاً، ذَكَرَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهُ يُخْدَعُ فِي الْبُيُوعِ فَقَالَ " إِذَا بَايَعْتَ فَقُلْ لاَ خِلاَبَةَ ".
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) Bir kishi Paygʻambar ﷺga oʻzining oldi-sotdilarda (savdoda) aldanishini aytdi. Shunda U zot: «Sotib-olganingda: ‹La xilaba (aldash yoʻq)›, deb (shart qoʻyib qoʻy)gin», dedilar.