حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، حَدَّثَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ كَانَ عُرْوَةُ يُحَدِّثُ أَنَّهُ سَأَلَ عَائِشَةَ
﴿ وَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تُقْسِطُوا۟ فِى ٱلْيَتَـٰمَىٰ فَٱنكِحُوا۟ مَا طَابَ لَكُم مِّنَ ٱلنِّسَآءِ مَثْنَىٰ وَثُلَـٰثَ وَرُبَـٰعَ ۖ فَإِنْ خِفْتُمْ أَلَّا تَعْدِلُوا۟ فَوَٰحِدَةً أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُمْ ۚ ذَٰلِكَ أَدْنَىٰٓ أَلَّا تَعُولُوا۟ ﴾{وَإِنْ خِفْتُمْ أَنْ لاَ تُقْسِطُوا فِي الْيَتَامَى فَانْكِحُوا مَا طَابَ لَكُمْ مِنَ النِّسَاءِ}. قَالَتْ هِيَ الْيَتِيمَةُ فِي حَجْرِ وَلِيِّهَا، فَيَرْغَبُ فِي مَالِهَا وَجَمَالِهَا، فَيُرِيدُ أَنْ يَتَزَوَّجَهَا بِأَدْنَى مِنْ سُنَّةِ نِسَائِهَا، فَنُهُوا عَنْ نِكَاحِهِنَّ، إِلاَّ أَنْ يُقْسِطُوا لَهُنَّ فِي إِكْمَالِ الصَّدَاقِ، ثُمَّ اسْتَفْتَى النَّاسُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بَعْدُ فَأَنْزَلَ اللَّهُ ﴿ وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ ﴾ فَذَكَرَ الْحَدِيثَ.(Urva rivoyat qildiki, u Oisha (roziyallohu anho)dan: «‹Agar yetim (qiz)lar haqida adolat qila olmaslikdan qoʻrqsangiz, oʻzingizga (halol) boʻlgan (boshqa) ayollardan uylaninglar...› (Niso surasi, 3-oyat) haqida» soʻradi. U:) «(Bu oyat) valiysi (vasiysi) qoʻli ostidagi yetim (qiz) haqidadir: u (valiy, qizning) moliga va goʻzalligiga rahbat qoʻyib, uni — (oʻz qavmidagi) ayollarning odatdagi (mahri)dan kamroq (mahr) bilan — xotinlikka olmoqchi boʻladi. Bas, ular (valiylar) — agar mahrni toʻliq (berib) ularga adolat qilmasalar — bunday qizlarga uylanishdan qaytarildilar. Soʻng odamlar Rasululloh ﷺdan (bu haqda) yana fatvo soʻradilar va Alloh: ‹Sendan ayollar haqida fatvo soʻraydilar...› (Niso surasi, 127-oyat) degan (oyatni) nozil qildi», dedi. — Soʻng (roviy) hadisni (toʻliq) zikr qildi.