حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ بُكَيْرٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " بَيْنَا أَنَا نَائِمٌ أَطُوفُ بِالْكَعْبَةِ، فَإِذَا رَجُلٌ آدَمُ سَبْطُ الشَّعَرِ يَنْطُفُ ـ أَوْ يُهَرَاقُ ـ رَأْسُهُ مَاءً قُلْتُ مَنْ هَذَا قَالُوا ابْنُ مَرْيَمَ. ثُمَّ ذَهَبْتُ أَلْتَفِتُ، فَإِذَا رَجُلٌ جَسِيمٌ أَحْمَرُ جَعْدُ الرَّأْسِ أَعْوَرُ الْعَيْنِ، كَأَنَّ عَيْنَهُ عِنَبَةٌ طَافِيَةٌ قَالُوا هَذَا الدَّجَّالُ. أَقْرَبُ النَّاسِ بِهِ شَبَهًا ابْنُ قَطَنٍ ". رَجُلٌ مِنْ خُزَاعَةَ.
(Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ: «Men uxlab, Kaʼbani tavof qilayotgan paytimda, mana, bugʻdoyrang (qoramagʻiz), tep-tekis sochli bir kishi (turibdi) — boshidan suv tomib (yoki: quyilib) turardi. Men: ‹Bu kim?› dedim. Ular: ‹Ibn Maryam (Iso)›, dedilar. Soʻng men oʻgirilib qarasam, mana, baquvvat (kelishgan), qizil tanli, jingalak sochli, oʻng koʻzi koʻr — goʻyo koʻzi qalqib turgan uzum donasidek — bir kishi (turibdi). Ular: ‹Bu — Dajjol›, dedilar. Odamlar ichida unga eng oʻxshashi — Ibn Qatan (edi)», dedilar — (u) Xuzoadan boʻlgan bir kishi.