حَدَّثَنَا مُسَدَّدٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْوَارِثِ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ حَفْصَةَ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ بَايَعْنَا النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَرَأَ عَلَىَّ
﴿ أَنْ لاَ يُشْرِكْنَ بِاللَّهِ شَيْئًا ﴾ وَنَهَانَا عَنِ النِّيَاحَةِ، فَقَبَضَتِ امْرَأَةٌ مِنَّا يَدَهَا فَقَالَتْ فُلاَنَةُ أَسْعَدَتْنِي وَأَنَا أُرِيدُ أَنْ أَجْزِيَهَا، فَلَمْ يَقُلْ شَيْئًا، ثُمَّ رَجَعَتْ، فَمَا وَفَتِ امْرَأَةٌ إِلاَّ أُمُّ سُلَيْمٍ وَأُمُّ الْعَلاَءِ، وَابْنَةُ أَبِي سَبْرَةَ امْرَأَةُ مُعَاذٍ أَوِ ابْنَةُ أَبِي سَبْرَةَ وَامْرَأَةُ مُعَاذٍ.(Ummu Atiyya (roziyallohu anho) aytdi:) Biz Paygʻambar ﷺga bayʼat qildik. U zot menga: ‹...Allohga hech narsani sherik qilmasliklari (ustiga)...› (Mumtahina surasi, 12-oyat)ni oʻqidilar va bizni noha (oʻlik ustida ovoz chiqarib yigʻlash)dan qaytardilar. Shunda bizdan bir ayol qoʻlini tortib (oldi)-da: «Falon (ayol) meni (motamda) shod qilgan (yordam bergan) edi, men esa unga (xuddi shunday qilib) qaytarmoqchiman», dedi. U zot hech narsa demadilar. Soʻng u (ayol borib, soʻng qaytdi). Bas, (oʻsha shartga toʻla) vafo qilgan ayol — Ummu Sulaym, Ummu Alo va Abu Sabraning qizi — Muozning xotini — dan (boshqa hech kim) boʻlmadi; yoki: Abu Sabraning qizi va Muozning xotini.