حَدَّثَنَا أَبُو نُعَيْمٍ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، سَمِعْتُ جَابِرًا، قَالَ جَاءَ أَعْرَابِيٌّ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ بَايِعْنِي عَلَى الإِسْلاَمِ. فَبَايَعَهُ عَلَى الإِسْلاَمِ، ثُمَّ جَاءَ الْغَدَ مَحْمُومًا فَقَالَ أَقِلْنِي. فَأَبَى، فَلَمَّا وَلَّى قَالَ " الْمَدِينَةُ كَالْكِيرِ، تَنْفِي خَبَثَهَا، وَيَنْصَعُ طِيبُهَا ".
(Jobir (roziyallohu anhu) aytdi:) Bir aʼrobiy Paygʻambar ﷺning oldiga kelib: «Menga islom ustiga bayʼat ber», dedi. Bas, U zot unga islom ustiga bayʼat berdilar. Soʻng u ertasi kuni isitmalagan (bezgak boʻlgan) holda kelib: «Meni (bayʼatdan) qaytar (ozod qil)», dedi. U zot rad etdilar. U (orqasiga) burilgach, U zot: «Madina — koʻrik (temirchi koʻrigi)dek: oʻz iflosini (chiqindisini) chiqarib tashlaydi, pokini (xushboʻyini) esa toza (ravshan) qiladi», dedilar.