حَدَّثَنَا أَبُو الْيَمَانِ، أَخْبَرَنَا شُعَيْبٌ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، وَقَالَ اللَّيْثُ، حَدَّثَنِي عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ خَالِدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَنَّ سَعِيدَ بْنَ الْمُسَيَّبِ، أَخْبَرَهُ أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ قَالَ نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنِ الْوِصَالِ، قَالُوا فَإِنَّكَ تُوَاصِلُ. قَالَ " أَيُّكُمْ مِثْلِي، إِنِّي أَبِيتُ يُطْعِمُنِي رَبِّي وَيَسْقِينِ ". فَلَمَّا أَبَوْا أَنْ يَنْتَهُوا وَاصَلَ بِهِمْ يَوْمًا ثُمَّ يَوْمًا ثُمَّ رَأَوُا الْهِلاَلَ فَقَالَ " لَوْ تَأَخَّرَ لَزِدْتُكُمْ ". كَالْمُنَكِّلِ لَهُمْ.
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) aytdi:) Rasululloh ﷺ visoldan (uzluksiz roʻza tutishdan) qaytardilar. (Sahobalar): «Lekin Siz visol qilasiz-ku», dedilar. U zot: «Qaysingiz menga oʻxshaydi?! Albatta, men — Robbim meni taomlantirib, ichiradigan holda tunayman», dedilar. Ular (visoldan) toʻxtashdan bosh tortganlarida, U zot ular bilan (birga) bir kun, soʻng yana bir kun visol qildilar; soʻng ular (yangi oy) hilolini koʻrdilar. Shunda U zot: «Agar u (hilol) kechikkanida edi, men sizlarga (yana) ziyoda qilardim», dedilar — goʻyo ularni (qattiq roʻza tutishdan) tiyib (jazolab) qoʻygandek.