حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم انْصَرَفَ مِنِ اثْنَتَيْنِ فَقَالَ لَهُ ذُو الْيَدَيْنِ أَقَصُرَتِ الصَّلاَةُ يَا رَسُولَ اللَّهِ، أَمْ نَسِيتَ فَقَالَ " أَصَدَقَ ذُو الْيَدَيْنِ ". فَقَالَ النَّاسُ نَعَمْ. فَقَامَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ أُخْرَيَيْنِ، ثُمَّ سَلَّمَ، ثُمَّ كَبَّرَ، ثُمَّ سَجَدَ مِثْلَ سُجُودِهِ أَوْ أَطْوَلَ، ثُمَّ رَفَعَ، ثُمَّ كَبَّرَ، فَسَجَدَ مِثْلَ سُجُودِهِ، ثُمَّ رَفَعَ.
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ (namozning) ikki (rakaat)idan (keyin) qaytdilar (salom berdilar). Shunda Zul-Yadayn U zotga: «Namoz qisqartirildimi, yo Rasululloh, yoki Siz unutdingizmi?» dedi. U zot: «Zul-Yadayn rost aytdimi?» dedilar. Odamlar: «Ha», dedilar. Bas, Rasululloh ﷺ turib, qolgan ikki rakaatni oʻqidilar, soʻng salom berdilar; soʻng takbir aytib, oʻz sajdasidek — yoki undan uzunroq — sajda qildilar, soʻng (boshlarini) koʻtardilar; soʻng takbir aytib, oʻz sajdasidek sajda qildilar, soʻng (boshlarini) koʻtardilar.