حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مِسْعَرٍ، وَغَيْرِهِ، عَنْ قَيْسِ بْنِ مُسْلِمٍ، عَنْ طَارِقِ بْنِ شِهَابٍ، قَالَ قَالَ رَجُلٌ مِنَ الْيَهُودِ لِعُمَرَ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ لَوْ أَنَّ عَلَيْنَا نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ { الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينًا} لاَتَّخَذْنَا ذَلِكَ الْيَوْمَ عِيدًا. فَقَالَ عُمَرُ إِنِّي لأَعْلَمُ أَىَّ يَوْمٍ نَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةُ، نَزَلَتْ يَوْمَ عَرَفَةَ فِي يَوْمِ جُمُعَةٍ. سَمِعَ سُفْيَانُ مِنْ مِسْعَرٍ وَمِسْعَرٌ قَيْسًا وَقَيْسٌ طَارِقًا.
Toriq ibn Shihob (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Yahudiylardan bir kishi Umar (roziyallohu anhu)ga: «Ey amir al-muʼminin! Agar bizga {Bugun sizlarga diningizni komil qildim, sizlarga neʼmatimni toʻliq qilib berdim va sizlar uchun Islomni din qilib tanladim} (Moida 3) degan ushbu oyat nozil boʻlganida edi, biz oʻsha kunni bayram qilib olgan boʻlardik», dedi. Shunda Umar: «Albatta, men bu oyat qaysi kunda nozil boʻlganini bilaman. U arafa kunida, juma kunida nozil boʻlgan», dedi.