حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ بُكَيْرٍ، حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ عُقَيْلٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ، أَنَّهُ سَمِعَ عُمَرَ الْغَدَ، حِينَ بَايَعَ الْمُسْلِمُونَ أَبَا بَكْرٍ، وَاسْتَوَى عَلَى مِنْبَرِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم تَشَهَّدَ قَبْلَ أَبِي بَكْرٍ فَقَالَ أَمَّا بَعْدُ فَاخْتَارَ اللَّهُ لِرَسُولِهِ صلى الله عليه وسلم الَّذِي عِنْدَهُ عَلَى الَّذِي عِنْدَكُمْ، وَهَذَا الْكِتَابُ الَّذِي هَدَى اللَّهُ بِهِ رَسُولَكُمْ فَخُذُوا بِهِ تَهْتَدُوا وَإِنَّمَا هَدَى اللَّهُ بِهِ رَسُولَهُ.
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u zot musulmonlar Abu Bakr (roziyallohu anhu)ga bayʼat qilgan ertasi kuni Umar (roziyallohu anhu)ni eshitdi. Umar Rasululloh ﷺ ning minbariga chiqib, Abu Bakrdan oldin tashahhud aytdi va: «Amma baʼd. Alloh oʻz Paygʻambari ﷺ ga sizlarning huzuringizdagi narsadan koʻra Oʻzining huzuridagi narsani ixtiyor qildi. Mana shu Kitob Alloh u bilan sizlarning Paygʻambaringizni hidoyat qilgan Kitobdir. Bas, uni mahkam tutinglar, hidoyat topasizlar. Albatta, Alloh u bilan oʻz Paygʻambarini hidoyat qilgandir», dedi.