حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، حَدَّثَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ يُونُسَ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي حُمَيْدٌ، قَالَ سَمِعْتُ مُعَاوِيَةَ بْنَ أَبِي سُفْيَانَ، يَخْطُبُ قَالَ سَمِعْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " مَنْ يُرِدِ اللَّهُ بِهِ خَيْرًا يُفَقِّهْهُ فِي الدِّينِ، وَإِنَّمَا أَنَا قَاسِمٌ وَيُعْطِي اللَّهُ، وَلَنْ يَزَالَ أَمْرُ هَذِهِ الأُمَّةِ مُسْتَقِيمًا حَتَّى تَقُومَ السَّاعَةُ، أَوْ حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللَّهِ ".
Humayd (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi. U aytdi: Men Muoviya ibn Abu Sufyon (roziyallohu anhu)ning xutba qilayotganini eshitdim. U: «Men Nabiy ﷺning shunday deganlarini eshitdim: ‹Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (chuqur tushunadigan) qilib qoʻyadi. Men faqat taqsimlovchiman, beruvchi esa Allohdir. Bu ummatning ishi qiyomat qoyim boʻlguncha — yoki Allohning amri kelguncha — toʻgʻri (mustaqim) boʻlib qolaveradi›», dedi.