حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ عَمْرٌو سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ ـ رضى الله عنهما ـ يَقُولُ لَمَّا نَزَلَ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم {قُلْ هُوَ الْقَادِرُ عَلَى أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عَذَابًا مِنْ فَوْقِكُمْ} قَالَ " أَعُوذُ بِوَجْهِكَ ". {أَوْ مِنْ تَحْتِ أَرْجُلِكُمْ} قَالَ " أَعُوذُ بِوَجْهِكَ ". فَلَمَّا نَزَلَتْ {أَوْ يَلْبِسَكُمْ شِيَعًا وَيُذِيقَ بَعْضَكُمْ بَأْسَ بَعْضٍ} قَالَ " هَاتَانِ أَهْوَنُ أَوْ أَيْسَرُ ".
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi. U aytdi: Rasululloh ﷺga {Aytgin: U sizlarning ustingizdan azob yuborishga qodirdir} (Anʼom 65) (oyati) nozil boʻlganida, u zot: «Sening zoting (yuzing) bilan panoh tilayman», dedilar. {Yoki oyoqlaringizning ostidan} (deyilganda) u zot: «Sening zoting (yuzing) bilan panoh tilayman», dedilar. {Yoki sizlarni guruh-guruh aralashtirib qoʻyib, baʼzingizning zoʻravonligingizni baʼzingizga tottirib qoʻyishga (qodirdir)} nozil boʻlganida esa, u zot: «Bu ikkitasi (oldingilaridan) yengilroq — yoki osonroqdir», dedilar.