حَدَّثَنَا مُوسَى، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ إِبْرَاهِيمَ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ جَاءَ حَبْرٌ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ يَا مُحَمَّدُ إِنَّ اللَّهَ يَضَعُ السَّمَاءَ عَلَى إِصْبَعٍ، وَالأَرْضَ عَلَى إِصْبَعٍ، وَالْجِبَالَ عَلَى إِصْبَعٍ، وَالشَّجَرَ وَالأَنْهَارَ عَلَى إِصْبَعٍ، وَسَائِرَ الْخَلْقِ عَلَى إِصْبَعٍ، ثُمَّ يَقُولُ بِيَدِهِ أَنَا الْمَلِكُ فَضَحِكَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَقَالَ "
﴿ وَمَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ ﴾"(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) aytdi:) Bir (yahudiy) olim Rasululloh ﷺning oldilariga kelib: «Ey Muhammad, albatta Alloh osmonni bir barmoq ustida, yerni bir barmoq ustida, togʻlarni bir barmoq ustida, daraxt va daryolarni bir barmoq ustida va (barcha) qolgan maxluqotni bir barmoq ustida (ushlab) qoʻyadi, soʻng oʻz Qoʻli bilan (ishora qilib): ‹Men — Podshohman›, deydi», dedi. Bas, Rasululloh ﷺ — (taajjub bilan) kuldilar-da: ‹Ular Allohni — Uning haqiqiy qadriga koʻra — qadrlamadilar...› (Anʼom surasi, 91-oyat) (deb oʻqidilar).