حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، عَنْ هَمَّامٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " بَيْنَمَا أَيُّوبُ يَغْتَسِلُ عُرْيَانًا خَرَّ عَلَيْهِ رِجْلُ جَرَادٍ مِنْ ذَهَبٍ فَجَعَلَ يَحْثِي فِي ثَوْبِهِ، فَنَادَى رَبُّهُ يَا أَيُّوبُ أَلَمْ أَكُنْ أَغْنَيْتُكَ عَمَّا تَرَى قَالَ بَلَى يَا رَبِّ وَلَكِنْ لاَ غِنَى بِي عَنْ بَرَكَتِكَ ".
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) Paygʻambar ﷺdan (rivoyat qildiki,) U zot: «Ayyub yalangʻoch holda choʻmilayotgan ekan, uning ustiga oltindan (yasalgan) bir toʻp chigirtka (yogʻilib) tushdi; bas, u (Ayyub) uni kiyimiga hovuchlab (yigʻa) boshladi. Shunda Robbi unga nido qildi: ‹Ey Ayyub, Men seni — koʻrayotgan narsangdan — boy (behojat) qilmaganmidim?› (Ayyub): ‹Ha, ey Robbim; lekin Sening barakatingdan menga behojatlik yoʻq (men Sening barakatingga muhtojman)›, dedi», dedilar.)