حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ شُرَحْبِيلَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ سَأَلْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أَىُّ الذَّنْبِ أَعْظَمُ عِنْدَ اللَّهِ قَالَ " أَنْ تَجْعَلَ لِلَّهِ نِدًّا وَهْوَ خَلَقَكَ ". قُلْتُ إِنَّ ذَلِكَ لَعَظِيمٌ. قُلْتُ ثُمَّ أَىّ قَالَ " ثُمَّ أَنْ تَقْتُلَ وَلَدَكَ تَخَافُ أَنْ يَطْعَمَ مَعَكَ ". قُلْتُ ثُمَّ أَىّ قَالَ " ثُمَّ أَنْ تُزَانِيَ بِحَلِيلَةِ جَارِكَ ".
(Abdulloh (ibn Masʼud) (roziyallohu anhu) aytdi:) Men Paygʻambar ﷺdan: «Alloh huzurida qaysi gunoh eng ulugʻ (katta)?» deb soʻradim. U zot: «Allohga — U seni yaratgan boʻla turib — tenglar (sheriklar) qilishing», dedilar. Men: «Albatta, bu — ulugʻ (gunoh)dir», dedim. Men: «Soʻng qaysi?» dedim. U zot: «Soʻng — sen bilan birga taom yeydi degan (qoʻrquv)dan — farzandingni oʻldirishing», dedilar. Men: «Soʻng qaysi?» dedim. U zot: «Soʻng — qoʻshningning juft(xotini) bilan zino qilishing», dedilar.