حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ مُوسَى بْنِ أَبِي عَائِشَةَ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، فِي قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ ﴾ قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يُعَالِجُ مِنَ التَّنْزِيلِ شِدَّةً، وَكَانَ يُحَرِّكُ شَفَتَيْهِ ـ فَقَالَ لِي ابْنُ عَبَّاسٍ أُحَرِّكُهُمَا لَكَ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يُحَرِّكُهُمَا فَقَالَ سَعِيدٌ أَنَا أُحَرِّكُهُمَا كَمَا كَانَ ابْنُ عَبَّاسٍ يُحَرِّكُهُمَا فَحَرَّكَ شَفَتَيْهِ ـ فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ ﴿ لاَ تُحَرِّكْ بِهِ لِسَانَكَ لِتَعْجَلَ بِهِ * إِنَّ عَلَيْنَا جَمْعَهُ وَقُرْآنَهُ ﴾ قَالَ جَمْعُهُ فِي صَدْرِكَ ثُمَّ تَقْرَؤُهُ. ﴿ فَإِذَا قَرَأْنَاهُ فَاتَّبِعْ قُرْآنَهُ ﴾ قَالَ فَاسْتَمِعْ لَهُ وَأَنْصِتْ ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا أَنْ تَقْرَأَهُ. قَالَ فَكَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَتَاهُ جِبْرِيلُ ـ عَلَيْهِ السَّلاَمُ ـ اسْتَمَعَ فَإِذَا انْطَلَقَ جِبْرِيلُ قَرَأَهُ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم كَمَا أَقْرَأَهُ.(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) — Alloh taoloning ‹Uni (Qurʼonni) shoshilib (qabul qilish) uchun tilingni qimirlatma› (Qiyomat surasi, 16-oyat) (degan) soʻzi haqida — aytdi:) Paygʻambar ﷺ vahiy (nozil boʻlishi)dan (uni yodlashga shoshilib) qattiq mashaqqat tortar va (yodda saqlash uchun) labllarini qimirlatar edilar. — Ibn Abbos menga: «Men ularni (lablarni) — Rasululloh ﷺ qanday qimirlatgan boʻlsalar — shunday qilib senga qimirlataman», dedi. Bas, Said (ibn Jubayr): «Men ularni — Ibn Abbos qanday qimirlatgan boʻlsa — shunday qimirlataman», dedi-da, oʻz lablarini qimirlatdi. — Bas, Alloh azza va jalla: ‹Uni shoshilib (qabul qilish) uchun tilingni qimirlatma. Albatta, uni (qalbingga) jamlash va (tilingda) uni oʻqitish Bizning zimmamizdadir› (Qiyomat surasi, 16-17-oyatlar) (ni) nozil qildi. (Ibn Abbos): «(Yaʼni) uni koʻkragingda jamlash, soʻng uni oʻqishing (Bizning zimmamizda)», dedi. ‹Bas, qachon Biz uni oʻqisak, uning qiroatiga ergash› (Qiyomat surasi, 18-oyat). (Ibn Abbos): «(Yaʼni) unga quloq sol va jim tur; soʻng, albatta, uni (tilingda) oʻqitish Bizning zimmamizda», dedi. (Ibn Abbos:) Bas, Rasululloh ﷺ — qachon Jibril alayhissalom ularning oldilariga kelsa — quloq solar; qachon Jibril ketsa, Paygʻambar ﷺ uni — (Jibril) qanday oʻqitgan boʻlsa — (shunday) oʻqir edilar.