حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ زُرَارَةَ، عَنْ هُشَيْمٍ، أَخْبَرَنَا أَبُو بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ ـ رضى الله عنهما ـ فِي قَوْلِهِ تَعَالَى
﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ قَالَ نَزَلَتْ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مُخْتَفٍ بِمَكَّةَ، فَكَانَ إِذَا صَلَّى بِأَصْحَابِهِ رَفَعَ صَوْتَهُ بِالْقُرْآنِ، فَإِذَا سَمِعَهُ الْمُشْرِكُونَ سَبُّوا الْقُرْآنَ وَمَنْ أَنْزَلَهُ وَمَنْ جَاءَ بِهِ، فَقَالَ اللَّهُ لِنَبِيِّهِ صلى الله عليه وسلم ﴿ وَلاَ تَجْهَرْ بِصَلاَتِكَ ﴾ أَىْ بِقِرَاءَتِكَ، فَيَسْمَعَ الْمُشْرِكُونَ، فَيَسُبُّوا الْقُرْآنَ ﴿ وَلاَ تُخَافِتْ بِهَا ﴾ عَنْ أَصْحَابِكَ فَلاَ تُسْمِعُهُمْ ﴿ وَابْتَغِ بَيْنَ ذَلِكَ سَبِيلاً ﴾(Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) — Alloh taoloning ‹Namozingni jahriy oʻqima va uni sirli ham qilma...› (Isro surasi, 110-oyat) (degan) soʻzi haqida — aytdi:) U — Rasululloh ﷺ Makkada yashiringan (holatda) ekan, nozil boʻldi. U zot sahobalariga (imom boʻlib) namoz oʻqiganlarida, Qurʼonni jahriy (baland ovozda) oʻqir edilar. Bas, mushriklar uni eshitsalar, Qurʼonni, uni nozil qilgan (Zot)ni va uni (olib) kelgan (Jibril)ni soʻkar edilar. Shunda Alloh oʻz Paygʻambari ﷺga: ‹Namozingni jahriy oʻqima...› — yaʼni: qiroatingni (jahriy oʻqima), bas, mushriklar eshitib, Qurʼonni soʻkmasinlar; ‹...va uni sirli ham qilma...› — sahobalaringdan (yashirib), bas, ularga eshittirmay qoʻyma; ‹...va shu (ikkisi) orasida bir yoʻl izla› (Isro surasi, 110-oyat) (dedi).