وَعَنْ أَبِي سَعِيدٍ اَلْخُدْرِيِّ - رضى الله عنه - قَالَ: { خَرَجَ رَجُلَانِ فِي سَفَرٍ, فَحَضَرَتْ اَلصَّلَاةَ -وَلَيْسَ مَعَهُمَا مَاءٌ- فَتَيَمَّمَا صَعِيدًا طَيِّبًا, فَصَلَّيَا, ثُمَّ وَجَدَا اَلْمَاءَ فِي اَلْوَقْتِ. فَأَعَادَ أَحَدُهُمَا اَلصَّلَاةَ وَالْوُضُوءَ, وَلَمْ يُعِدِ اَلْآخَرُ, ثُمَّ أَتَيَا رَسُولَ اَللَّهِ - صلى الله عليه وسلم -فَذَكَرَا ذَلِكَ لَهُ, فَقَالَ لِلَّذِي لَمْ يُعِدْ: "أَصَبْتَ اَلسُّنَّةَ وَأَجْزَأَتْكَ صَلَاتُكَ" وَقَالَ لِلْآخَرِ: "لَكَ اَلْأَجْرُ مَرَّتَيْنِ" } رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ, ]و] النَّسَائِيّ ُ 1 .
Muhammad ibn Ishoq al-Musayyabiy bizga shunday dedi: Abdulloh ibn Nofiʼ bizga al-Lays ibn Saʼddan, u Bakr ibn Savodadan, u Ato ibn Yasordan, u Abu Said al-Xudriydan xabar berdi. (Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhu) dedi: Ikki kishi safarga chiqdi. Namoz vaqti kirdi, ularning yonida esa suv yoʻq edi. Shunda ular pok tuproq bilan tayammum qilib, namoz oʻqidilar. Soʻngra vaqt ichida suv topdilar. Ulardan biri namozi va tahoratini qaytadan qildi, ikkinchisi esa qaytarmadi. Keyin ular Rasululloh ﷺ ning huzurlariga kelib, bu haqda u zotga aytdilar. U zot qaytarmagan kishiga: «Sunnatga muvofiq ish qilibsan, namozing senga kifoya qilibdi», dedilar. Tahorat qilib, (namozni) qaytargan kishiga esa: «Senga ikki barobar ajr bor», dedilar. Abu Dovud dedi: Ibn Nofiʼdan boshqalar buni al-Laysdan, u Umayra ibn Abu Nojiyadan, u Bakr ibn Savodadan, u Ato ibn Yasordan, u Paygʻambar ﷺ dan rivoyat qiladilar. Abu Dovud dedi: Bu hadisda Abu Said al-Xudriyning zikr qilinishi mahfuz (ishonchli) emas, balki u mursaldir.