عَنْ اَلْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ - رضى الله عنه - قَالَ: { كُنْتُ مَعَ اَلنَّبِيِّ - صلى الله عليه وسلم -فَتَوَضَّأَ, فَأَهْوَيْتُ لِأَنْزِعَ خُفَّيْهِ, فَقَالَ: "دَعْهُمَا, فَإِنِّي أَدْخَلْتُهُمَا طَاهِرَتَيْنِ" فَمَسَحَ عَلَيْهِمَا } مُتَّفَقٌ عَلَيْه ِ 1 .
Urva ibn Mugʻira (otasidan) rivoyat qiladi: Otam: «Bir safarda men Paygʻambar ﷺ bilan birga edim; (tahorat paytida) u zotning maxsilarini yechgani shoshildim. U zot menga ularni qoldirishni buyurdilar — chunki u zot ularni tahoratli holda kiygan edilar. Soʻng ular ustiga masʼh tortdilar», — dedi.